Gidravlika o’z xulosalarini suyuqlik harakatining soddalashtirilgan sxemalarini qarash asosida chiqaradi va, odatda nazariy tenglamalarga empirik koeffitsientlar kiritib, ularni tajribalar o’tkazish yo’li bilan aniqlaydi.

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda mashina detallarining turli xil konstruksiyalarini tuzilishi, birikmalar, mexanik uzatamalar, val va o‘qlar, podshipniklar, muftalar, prujinalar hamda ularni mustahkamlikka hisoblash va loyihalash bo‘yicha yo‘nalishlari ixtisosligiga  mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.          

Fanning vazifasi – talabalarga detal va uzellarni ishga layoqatliligini hisoblash va loyihalashning nazariy asoslari, konstruksiyalarining turlari  hamda tuzilishlarini o‘rgatishdan iborat.