kimyo texnologiya 

Mazkur laboratoriya to'plami oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi oliy texnika o'quv yurtlari talabalari uchun fizika kursi bo'yicha amaldagi dastur asosida tuzilgan. Har bir bo'limga tartib raqamlari mos ravishda ortib boruvchi etarli miqdordagi laboratoriyalar kiritilgan.

 Fizika kursi bo’yicha mavjud  amaliy darsliklardan farqli holda,ushbu qo’llanma elektr texnikasi, elektr mashinasi vaelektr texnologiyalarva energoaudit va sanoat korxonalarining energetic tekshiruvi yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarning bajarilishi uchun mo’ljallangan maxsus laboratoriya ishlari keltirilgan. Bu ishlarni bajaruvchi  bo’lajak muxandis- texnologlar, turli texnologik jarayonlarni xarakterlovchi fizik kattaliklar orasidagi bo’g’lanishlarni ham miqdor jihatdan aniqlash imkoniga ega bo’ladilar.

Mazkur ko’rsatma o’ziga xosligining  ikkinchi tomoni shundan iboratki, unda keltirilgan laboratoriya ishlarining o’lchov natijalarini talaba kompyuterda hisoblash imkoniga egadir.

Hisoblash ishlari ko’p vaqt talab etiladigan laboratoriya ishlarini kompyuterda hisoblash uchun dasturlar tuxilgan bo’lib, ular darslikning ilova qismida keltirilgan.

 Bizning fikrimizcha bundan quyidagi uch asosiy maqsadga erishish mumkin: zerikarli matematek hisoblashlardan talabani ozod etish, uning vaqtini tejash, topilayotgan fizik kattalikni yuqori aniqlikda hisoblab, yo’l qo’yiladigan xatoliklarni kamaytirish, talabalarni EHM bo’yicha olgan nazariy bilimlarani qo’llash borasida ularda amaliy ko’nikmalar hosil qilishdan iboratdir.